locale OZ

Rasman: Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

54 yoshli mutaxassis 2021-yilda “Real Madrid”ni tark etganidan buyon ilk bor murabbiylik faoliyatiga qaytmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
Foto: Getty Images

Fransiya futbol federatsiyasi afsonaviy futbolchi va murabbiy Zinedin Zidanni mamlakat milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinladi. U ushbu lavozimda 14 yil davomida jamoani boshqargan Dide Deshamning o‘rnini egalladi.

54 yoshli mutaxassis 2021-yilda “Real Madrid”ni tark etganidan buyon ilk bor murabbiylik faoliyatiga qaytmoqda. Zidan Fransiya terma jamoasini 2028-yilgi Yevropa chempionati hamda 2030-yilgi Jahon chempionatiga tayyorlaydi. Uning ilk rasmiy uchrashuvlari sentabr oyida UEFA Millatlar Ligasi doirasida bo‘lib o‘tadi.

Ma'lumot uchun, Zinedin Zidan murabbiy sifatida “Real Madrid” bilan ketma-ket uch marta UEFA Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan tarixdagi ilk mutaxassis hisoblanadi. Shuningdek, u madridliklar bilan ikki marta Ispaniya chempioni, ikki marta UEFA Superkubogi va ikki marta Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida zafar quchgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting