Rasman: «Yuventus» Rugani bilan shartnomani uzaytirdi
30 yoshli himoyachi Turin klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
FOTO: Getty Images
Turinning «Yuventus» klubi markaziy himoyachi Daniele Rugani bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda «zebralar» matbuot xizmati rasman eʼlon qildi.
Yangi bitimga koʻra, futbolchi klub bilan 2028 yilning yoziga qadar moʻljallangan yangi kelishuv imzolagan. Rugani «Yuventus» tizimida 2012 yildan beri faoliyat yuritib keladi va klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
U faoliyati davomida ijara asosida «Empoli», «Renn», «Kalyari» va «Ayaks» jamoalarida ham toʻp surgan. Hozirga qadar Rugani «Yuventus» safida 152 ta oʻyinda maydonga tushib, 11 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Transfermarkt portali maʼlumotlariga koʻra, 30 yoshli himoyachining bozor qiymati 2 million yevroni tashkil etadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist