Rasman: «Yuventus» Igor Tudorni isteʼfoga chiqardi
Klubni vaqtincha Massimo Brambilla boshqaradi.
FOTO: Getty Images
Turinning «Yuventus» klubi rasmiy saytida bosh murabbiy Igor Tudor bilan shartnomani bekor qilganini eʼlon qildi. Klubni vaqtincha Massimo Brambilla boshqaradi.
Maʼlum boʻlishicha, Tudor bilan birga uning butun murabbiylar shtabi ham isteʼfoga chiqarilgan.
Eslatib oʻtamiz, 47 yoshli xorvatiyalik mutaxassis 2025 yilning 23 mart sanasida «Yuventus» boshqaruviga kelgandi. 13 iyunda esa turinliklar Tudor bilan shartnomani 2027 yilning yoziga qadar uzaytirgandi.
Maʼlumot uchun, «Yuventus» ayni dam A Seriya turnir jadvalida 12 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda. Turin klubi oʻzining navbatdagi oʻyinini «Udineze»ga qarshi oʻtkazadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist