Rasman: Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
Uning so‘nggi ish joyi "Liverpul" klubi bo‘lgandi.
ФОТО: Getty images
Germaniya milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib Yurgen Klopp tayinlandi.
59 yoshli nemis mutaxassisi bilan 2030 yil iyul oyigacha amal qiladigan shartnoma imzolandi.
Kloppning murabbiylar shtabiga uning ko‘p yillik yordamchilari Peter Kravits va Pepijn Lijnders, shuningdek, Sven Bender ham kiritildi.
Kloppning bosh murabbiy sifatidagi so‘nggi ish joyi 2015–2024 yillarda boshqargan "Liverpul" klubi bo‘lgan.
U 2025 yil yanvaridan 2026 yil iyuligacha Red Bull kompaniyasining global futbol yo‘nalishi rahbari lavozimida faoliyat yuritdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist