Rasman: Yulmann – «Atletiko» futbolchisi
Madridning “Atletiko” klubi “Sporting” yarim himoyachisi Morten Yulmann bilan shartnoma imzolaganini rasman e'lon qildi.
Ispan klubi matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, 27 yoshli daniyalik futbolchi bilan 2031 yilning yozigacha mo'ljallangan besh yillik shartnoma tuzildi.
Transferning kafolatlangan qiymati 40 million yevroni tashkil etdi. Shuningdek, kelishuvga yana 5 million yevrolik bonuslar ham kiritilgan. Yulmann tibbiy ko'rikdan ham muvaffaqiyatli o'tgani qayd etildi.
Morten Yulmann 2023 yilning yozidan buyon Lissabonning “Sporting” klubi safida to'p surib kelayotgan edi.
U 2025/2026 yilgi mavsumda portugaliyaliklar safida barcha musobaqalarda 45 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 45 million yevroni tashkil etadi.