Rasman: Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli Qatardagi barcha turnirlar toʻxtatildi
Qatar Futbol Assotsiatsiyasi (QFA) matbuot xizmati Yaqin Sharqdagi harbiy-siyosiy vaziyat keskinlashgani sababli mamlakatdagi barcha futbol musobaqalari va o‘yinlar noma’lum muddatga qoldirilganini e’lon qildi.
«Qatar Futbol Assotsiatsiyasi bugundan boshlab barcha turnirlar, musobaqalar va o‘yinlar keyingi xabarnomaga qadar qoldirilishini ma’lum qiladi. Musobaqalarni qayta tiklashning yangi sanalari Assotsiatsiyaning rasmiy kanallari orqali o‘z vaqtida e’lon qilinadi», — deyiladi QFA bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, 28 fevral kuni AQSH va Isroil Eronga qarshi qo‘shma harbiy operatsiya boshladi. Bunga javoban Eron Islom Respublikasi Isroil, Qatar, BAA, Saudiya Arabistoni, Quvayt va Bahrayndagi Amerika harbiy bazalari hamda boshqa strategik ob’ektlarga raketa zarbalari yo‘lladi.