locale OZ

Rasman: Yannik Shuster «Brentford» futbolchisiga aylandi

Tomonlar oʻrtasida 2031 yilga qadar moʻljallangan shartnoma imzolandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Yannik Shuster «Brentford» futbolchisiga aylandi
FOTO: Getty Images

Angliyaning «Brentford» klubi rasmiy saytida Avstriyaning «RB Zalsburg» jamoasi himoyachisi Yannik Shuster transferini eʼlon qildi.

«19 yoshli futbolchi jamoa bilan 2031 yilning iyuniga qadar moʻljallangan shartnoma imzoladi. Shuningdek, kelishuvda shartnomani yana bir yilga uzaytirish bandi ham bor.

Markaziy himoyachi joriy mavsumda «Zalsburg»ning asosiy tarkibidan mustahkam oʻrin egallab, barcha musobaqalarda 29 ta oʻyinda maydonga tushdi va bitta gol urishga muvaffaq boʻldi. Shundan soʻng u Gʻarbiy Londonga yoʻl oldi.

Avstriya yoshlar terma jamoasi (U-21) aʼzosi hisoblangan Shuster joriy mavsumda Yevropa ligasida ham uchta uchrashuvda qatnashdi, jumladan, Premyer-liga vakili «Aston Villa»ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi», — deyiladi klub xabarida.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting