locale OZ

Rasman: Yan Zommer faoliyatini \"Bryugge\" klubida davom ettiradi

37 yoshli posbon erkin agent sifatida yangi jamoasi bilan 2029-yilgacha mo‘ljallangan uch yillik shartnoma imzoladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Yan Zommer faoliyatini "Bryugge" klubida davom ettiradi
Foto: Getty Images

Shveysariyalik tajribali darvozabon Yan Zommer Belgiyaning amaldagi chempioni "Bryugge" klubi safiga o‘tdi.

37 yoshli posbon erkin agent sifatida yangi jamoasi bilan 2029-yilgacha mo‘ljallangan uch yillik shartnoma imzoladi. U "Bryugge"da faoliyatini yakunlagan belgiyalik tajribali darvozabon Simon Minyolening o‘rnini egallaydi.

Yan Zommer so‘nggi uch mavsumni "Inter" safida o‘tkazdi. Milan klubi bilan u ikki bor Italiya chempioni bo‘ldi hamda UEFA Chempionlar ligasi finalida ham ishtirok etdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, tajribali darvozabonning "Bryugge"ni tanlashiga klubning kelasi mavsum UEFA Chempionlar ligasida ishtirok etishi asosiy omillardan biri bo‘lgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting