locale OZ

Rasman: Yan Paul van Xekke — «Tottenhem» futbolchisi

Tomonlar oʻrtasida uzoq yillik shartnoma imzolandi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Rasman: Yan Paul van Xekke — «Tottenhem» futbolchisi
FOTO: Getty Images

Londondagi «Tottenhem» klubi o‘zining rasmiy saytida «Brayton» markaziy himoyachisi Yan Paul van Xekkening transferini e’lon qildi. Ta’kidlanishicha, 26 yoshli niderlandiyalik futbolchi «shporlar» bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan.

Taniqli jurnalist Ben Jeykobsning xabar berishicha, London klubi niderlandiyalik himoyachi transferi uchun «Brayton»ga 52 million funt sterling (59,8 million yevro) to‘lagan. Shuningdek, kelishuvga ko‘ra, «Brayton» futbolchining keyingi ehtimoliy sotuvidan 20 foiz ulush oladigan bo‘ldi.

Van Xekke 2020-yilning sentyabr oyidan buyon «Brayton» sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Ushbu davr mobaynida u barcha turnirlar doirasida 131 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 6 va golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, himoyachining ayni damdagi bozordagi transfer bahosi 45 million yevroni tashkil etadi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting