Rasman. Xyutter — «Ayntraxt» bosh murabbiyi
56 yoshli avstriyalik murabbiy bilan 2029 yilning iyuniga qadar shartnoma imzolandi.
ФОТО: Getty images
Frankfurtning “Ayntraxt” klubi Adi Xyutterning jamoa bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanganini rasman e’lon qildi.
Mutaxassis bu lavozimda Albert Rieraning o‘rnini egallaydi.
56 yoshli avstriyalik murabbiy bilan 2029 yilning iyuniga qadar shartnoma imzolandi. Xyutter Frankfurt jamoasi murabbiyi sifatida 1 iyuldan ish boshlaydi.
Adi Xyutter avvalroq 2018 yilning iyulidan 2021 yilning iyunigacha “Ayntraxt”ni boshqargan. 2018/2019 yilgi mavsumda u Germaniyaning Bild gazetasi talqiniga ko‘ra yil murabbiyi, “Ayntraxt” esa yil jamoasi deb topilgan.
Xyutter boshqargan so‘nggi klub “Monako” bo‘lgan. U jamoani 2023 yildan 2025 yilgacha boshqargan.
O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, “Ayntraxt” Bundesligada turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinni egalladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist