locale OZ

Rasman: Xose Mariya Mendes salomatligi sababli iste’foga chiqdi

Ispaniyalik shifokorlar Mendesga ma’lum muddat professional faoliyatidan chekinish va jiddiy davolanish kursini o‘tashi zarurligini ta’kidladilar.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Xose Mariya Mendes salomatligi sababli iste’foga chiqdi
photo: UFF

Rasman: Xose Mariya Mendes salomatligi sababli iste’foga chiqdi.

O‘zbekiston milliy futzal terma jamoasi bosh murabbiyi, ispaniyalik mutaxassis Xose Mariya Mendes salomatligi bilan bog‘liq jiddiy muammolar sababli o‘z xohishiga ko‘ra lavozimini tark etdi.

Avval xabar berganimizdek, Xose Mariya Mendes avgust oyining so‘nggi kunlaridan buyon yurak yetishmovchiligi bilan bog‘liq jiddiy tibbiy ko‘rik va tekshiruvlardan o‘tib kelayotgan edi. Dastlab Toshkentda ko‘rikdan o‘tgan mutaxassis keyinchalik chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvlar uchun Madridga yuborildi.

Ispaniyalik shifokorlar Mendesga ma’lum muddat professional faoliyatidan chekinish va jiddiy davolanish kursini o‘tashi zarurligini ta’kidladilar.

Shu munosabat bilan Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal federatsiyasi rahbariyatiga iste’foga chiqish to‘g‘risida murojaat qildi. Federatsiya rahbariyati mutaxassisning murojaatini atroflicha ko‘rib chiqib, uning sog‘lig‘i bilan bog‘liq vaziyatni inobatga olgan holda iste’fosini qanoatlantirdi.

O‘zbekiston futzal federatsiyasi Xose Mariya Mendesga davolanish jarayonini muvaffaqiyatli o‘tkazishini, tezroq sog‘ayib, salomatligini to‘liq tiklab olishini tilaydi.

🇺🇿 O‘zbekiston milliy futzal terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlash masalasi yuzasidan Federatsiyaning qarori haqida qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting