Rasman: Vozinya «Kolo-Kolo»ga o'tdi
Kabo-Verde terma jamoasining 40 yoshli darvozaboni Vozinya faoliyatini Chilining «Kolo-Kolo» klubida davom ettiradi. Bu haqda klub ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasi orqali ma'lum qildi.
«Vozinya endi «Kolo-Kolo» futbolchisi», — deyiladi klub bayonotida.
Tomonlar o'rtasidagi shartnoma muddati rasmiy ravishda oshkor qilinmagan. Biroq Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, kelishuv 2026 yil 31 dekabrgacha amal qiladi.
Tajribali posbon 2026 yilgi Jahon chempionatida Kabo-Verde terma jamoasi safida 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, shularning ikktasida o'z darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.
Vozinyaning so'nggi klubi Portugaliya ikkinchi divizionida ishtirok etuvchi "Chaves" bo'lgan. U o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda 19 ta o'yinda qatnashib, 6 ta bahsda o'z darvozasidan gol o'tkazmagan.
Transfermarkt portalining ma'lumotiga ko'ra, 40 yoshli darvozabonning transfer qiymati 500 ming yevroni tashkil etadi.