locale OZ

Rasman: «Volfsburg» Daniel Bauerni isteʼfoga chiqardi

Mutaxassis jamoani 2025 yilning noyabr oyidan beri boshqarib kelayotgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: «Volfsburg» Daniel Bauerni isteʼfoga chiqardi
FOTO: Getty Images

Germaniyaning «Volfsburg» klubi o‘zining 43 yoshli bosh murabbiyi Daniel Bauerni lavozimidan ozod etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasman ma’lum qildi. Mutaxassis jamoani 2025 yilning noyabr oyidan buyon boshqarib kelayotgan edi.

«Volfsburg» joriy mavsumda Bundesliga doirasida juda muvaffaqiyatsiz ishtirok etmoqda. Jamoa ortda qolgan 25 ta uchrashuvdan so‘ng bor-yo‘g‘i 20 ochko to‘plagan holda, turnir jadvalining quyi qismida — o‘n yettinchi o‘rinda bormoqda.

«Bo‘rilar» endilikda navbatdagi tur doirasida safarda «Hoffenxaym» mehmoni bo‘lishadi. Mazkur bellashuv 14 mart, shanba kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 19:30da start oladi. Jamoani ushbu o‘yinga kim tayyorlashi hozircha ma’lum qilinmagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting