locale OZ

Rasman: Vitor Pereyra — «Nottingem Forest»ning yangi bosh murabbiyi

Tomonlar oʻrtasida 2028 yilning yoziga qadar moʻljallangan shartnoma imzolandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Vitor Pereyra — «Nottingem Forest»ning yangi bosh murabbiyi
FOTO: Getty Images

Angliyaning «Nottingem Forest» klubi o‘z rasmiy saytida Vitor Pereyraning jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganini e’lon qildi. 57 yoshli portugaliyalik mutaxassis «o‘rmonchilar» bilan 2027/2028 yilgi mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan mehnat shartnomasini imzoladi.

Pereyra «Vulverxempton»dagi faoliyati orqali Angliya chempionati talablari bilan allaqachon tanish. Murabbiy «bo‘rilar» qarorgohini noyabr oyida, klub tizimida bir yildan kamroq vaqt ishlaganidan so‘ng tark etgan edi.

Pereyra joriy mavsumda «Nottingem Forest»ni boshqaradigan to‘rtinchi murabbiyga aylandi. Avvalroq jamoa bilan Nunu Eshpiritu Santu, Angelos Postekoglu va Shon Daych ishlagan edi.

Ayni damda jamoa Premyer-liga turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi. Xavfli hududdan (ligani tark etish zonasi) farq bor-yo‘g‘i uch ochkoni tashkil etmoqda, bu esa klub egalarini elita divizionidagi o‘rnini saqlab qolish uchun keskin choralar ko‘rishga majbur qildi. Portugaliyalik mutaxassis o‘z vazifasini bajarishga darhol kirishadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting