locale OZ

Rasman: Viktor Munyos — «Liverpul» futbolchisi

Tomonlar oʻrtasida uzoq yillik shartnoma imzolandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Viktor Munyos — «Liverpul» futbolchisi
FOTO: Getty Images

Mersisaydning «Liverpul» klubi o‘zining rasmiy saytida «Osasuna» qanot hujumchisi Viktor Munyosning transferini e’lon qildi. Ta’kidlanishicha, 22 yoshli ispaniyalik vinger jamoa bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan.

Avvalroq OAVda «Liverpul» futbolchini sotib olish uchun «Osasuna» bilan shartnomada ko‘rsatilgan 40 million yevrolik tovon pulini faollashtirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Hujumchi faoliyati davomida «Barselona» va madridning «Real» klublari yoshlar akademiyasida tahsil olgan. Munyos 2025-yilning yozidan buyon «Osasuna» sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Ushbu davr mobaynida ispaniyalik vinger barcha turnirlar doirasida 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining ayni damdagi bozor bahosi 30 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting