locale OZ

Rasman: Vaut Vegorst «Twente»ga o'tdi

Shartnoma 2028 yilgacha mo'ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Vaut Vegorst «Twente»ga o'tdi
Фото: Twente

Niderlandiya milliy terma jamoasi hujumchisi Vaut Vegorst erkin agent sifatida «Twente» klubiga o'tdi. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar berdi.

33 yoshli hujumchi yangi jamoasi bilan 2028 yil yozigacha mo'ljallangan mehnat shartnomasini imzoladi.

Vegorst 2024 yilning yozidan buyon «Ayaks» safida to'p surib kelayotgan edi. U o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 34 ta uchrashuvda ishtirok etib, 9 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Tajribali forvard faoliyati davomida «Volfsburg», «Byornli», «Beshiktosh», «Manchester Yunayted», «Xoffenhaym» va boshqa bir qator klublar sharafini ham himoya qilgan.

Eslatib o'tamiz, «Twente» o'tgan mavsum Niderlandiya Erediviziyasida 4-o'rinni egallagan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting