locale OZ

Rasman: “Valensiya” Xavyer Agirreni bosh murabbiy etib tayinladi

67 yoshli meksikalik mutaxassis bilan 2026/27-yilgi mavsum yakuniga qadar shartnoma imzolangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: “Valensiya” Xavyer Agirreni bosh murabbiy etib tayinladi
Foto: Getty Images

“Valensiya” Xavyer Agirreni jamoaning yangi bosh murabbiyi etib tayinladi. 67 yoshli meksikalik mutaxassis bilan 2026/27-yilgi mavsum yakuniga qadar shartnoma imzolangan, klubda kelishuvni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham mavjud. Bu haqda “Valensiya” matbuot xizmati ma’lum qildi.

Agirre avvalroq iste’foga chiqarilgan Karlos Korberan o‘rnini egallaydi. Korberan ketganidan keyin jamoani vaqtincha Oskar Sanches boshqarib turgan edi. Yangi murabbiyning asosiy vazifasi mavsumni omadsiz boshlagan “Valensiya”ni xavfli hududdan olib chiqish bo‘ladi.

Tajribali mutaxassis uchun bu Ispaniya futbolidagi yettinchi klub bo‘ladi. U faoliyati davomida “Osasuna”, “Atletiko Madrid”, “Saragosa”, “Espanyol”, “Leganes” va “Malyorka” jamoalarini ham boshqargan. Agirrening so‘nggi ish joyi Meksika terma jamoasi bo‘lib, u jamoani 2026-yilgi Jahon chempionatida boshqargan.

Ma’lumot uchun, “Valensiya” La Liganing dastlabki 7 turidan so‘ng 4 ochko jamg‘arib, turnir jadvalining 19-pog‘onasida bormoqda. Agirre 28-sentabr kuni “Mestalya” stadionida rasman tanishtiriladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting