Rasman: Urs Fisher — «Mayns» bosh murabbiyi
Tomonlar oʻrtasida 2028 yilning yoziga qadar moʻljallangan shartnoma imzolandi.
FOTO: Getty Images
Germaniyaning «Mayns» klubi rasmiy saytida Urs Fisherni bosh murabbiy etib tayinlanganini e’lon qildi. 59 yoshli shveytsariyalik mutaxassis klub bilan 2028 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Klub avval Bo Henriksen bilan xayrlashgan edi. Uning ishdan bo‘shatilishidan so‘ng jamoa o‘z maydonida «Borussiya M»ga 0:1 hisobida yutqazdi.
Urs Fisherning avvalgi jamoasi Berlinning «Yunion»i bo‘lib, u 2023 yil noyabrida klubni tark etgan.
Hozirgi vaqtda «Mayns» 2025/2026 yilgi Bundesliganing turnir jadvalida 13 turdan so‘ng 6 ochko bilan 18-o‘rinda bormoqda. Keyingi uchrashuvni jamoa 11 dekabr kuni Konferensiyalar ligasida safarda «Leh»ga qarshi o‘tkazadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist