locale OZ

Rasman: Uotkins – «Al-Hilol» futbolchisi

30 yoshli hujumchi bilan uch yillik shartnoma imzolandi.
Rasman: Uotkins – «Al-Hilol» futbolchisi
ФОТО: Getty images

«Al-Hilol» «Aston Villa» va Angliya terma jamoasi hujumchisi Olli Uotkinsni o‘z safiga qo‘shib olganini rasman e’lon qildi. 30 yoshli hujumchi bilan uch yillik shartnoma imzolandi.

Avvalroq birmingemlik klub «Al-Hilol»ning Uotkins uchun 58,4 million yevro miqdoridagi so‘nggi taklifini qabul qilgani, shuningdek, bonuslar sifatida yana 2 million yevro to‘lanishi haqida xabar berilgan edi.

«Al-Hilol» Uotkinsni Karim Benzema o‘rniga transfer qildi. Saudiya klubi Benzema bilan hamkorlikni yakunlashga tayyor. Shuningdek, klub «Arsenal» vingeri Gabriel Martinellini 65 million yevro evaziga transfer qilish bo‘yicha kelishuvga erishgan.

O‘tgan mavsumda Uotkins barcha musobaqalarda 55 ta o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting