locale OZ

Rasman: «Union Berlin»ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Jamoa Bundesligani 11-o‘rinda yakunladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: «Union Berlin»ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
FOTO: Getty Images

Berlinning «Union» klubi Mari-Luize Eta oʻrniga jamoaga kelgan yangi bosh murabbiy nomini rasman eʼlon qildi. Jamoa boshqaruvi Mauro Lustrinelliga topshirildi. Ushbu mutaxassis muqaddam Shveytsariyaning turli yoshdagi yoshlar terma jamoalarini hamda «Tun» klubini boshqargan.

«Men «Union Berlin»da meni kutayotgan yangi chorlovni intizorlik bilan kutmoqdaman. Bu aniq qadriyatlarga va samimiy insonlarga ega boʻlgan oʻzgacha klubdir. Men rahbariyat, xodimlar, muxlislar va albatta, jamoa bilan birgalikda yangi yoʻlni boshlash uchun katta motivatsiya va hayajondaman. Birdamlik, ishtiyoq, halol mehnat va jasorat evaziga biz birgalikda muvaffaqiyatga erisha olamiz», — deya Lustrinellining soʻzlarini keltirmoqda «Union» rasmiy sayti.

Maʼlumot uchun, Mari-Luize Eta mavsumning ikkinchi yarmida berlinliklar jamoasini vaqtincha boshqarib turgan edi. Uning qoʻl ostida «Union» ikki bor gʻalaba qozondi, bir marta durang oʻynadi va ikki bor magʻlubiyatga uchradi. Jamoa Bundesliga turnir jadvalida 39 ochko jamgʻargan holda, mavsumni 11-oʻrinda yakunladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting