locale OZ

Rasman: Umarali Rahmonaliyev toʻlaqonli «Sabah» futbolchisiga aylandi

Yarimhimoyachi avval shu klubda ijarada oʻynayotgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Umarali Rahmonaliyev toʻlaqonli «Sabah» futbolchisiga aylandi
FOTO: Getty Images

Qozonning «Rubin» klubi o‘z rasmiy saytida Umarali Rahmonaliyevning «Sabah»ga transfer qilinganini e’lon qildi. Avval futbolchi shu Ozarbayjon jamoasida ijarada o‘ynagan bo‘lsa, endi u toʻlaqonli «Sabah» aʼzosiga aylandi.

«Rubin» va «Sabah» yarimhimoyachi Umarali Rahmonaliyevning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Sizga barcha yutuqlar va kelgusidagi faoliyatingizda omad tilaymiz, Umarali!» — deb yozilgan qozonliklar matbuot xizmati bayonotida.

21 yoshli Umarali Rahmonaliyev O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi bo‘lib, asosiy vazifasini markaziy yarimhimoyachi sifatida bajaradi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 800 ming yevro deb baholamoqda. Uning «Rubin» bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting