Rasman: Ueston Makkenni «Yuventus» bilan shartnomani uzaytirdi
Turinning «Yuventus» klubi o‘z rasmiy sayti orqali yarimhimoyachi Ueston Makkenni bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi.
Amerikalik futbolchining «byankonerilar» bilan imzolagan yangi mehnat kelishuvi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Ma’lumot o‘rnida, yarimhimoyachi «Shalke» va «Dallas» klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U professional faoliyati davomida Gelzenkirxen jamoasi sharafini ham himoya qilgan. Makkenni ilk bor 2020 yilda ijara asosida turinliklar safiga o‘tgan bo‘lsa, 2021 yilda doimiy asosda jamoaga kelib qo‘shilgan. Shuningdek, uning faoliyati davomida Angliyaning «Lids Yunayted» klubidagi ishtiroki ham bor.
Joriy klub mavsumida Makkenni barcha turnirlar doirasida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining ayni damdagi bozor qiymati 22 mln yevroni tashkil etmoqda.