Rasman! “Tottenhem”ni to'rt nafar futbolchi tark etadi
FOTO: Getty Images
Londonning “Tottenhem” klubi darvozabonlar Freyzer Forster va Alfi Uaytman, himoyachi Serxio Regilon va hujumchi Timo Verner jamoani tark etishini e'lon qildi.
“Biz Freyzer Forster, Serxio Regilon va Alfi Uaytman shartnomalari tugashi munosabati bilan jamoani tark etishini e'lon qilamiz. Timo Verner esa ijara muddati tugagach klubni tark etadi”, - deyiladi xabarda.
Eslatib o'tamiz, APL'ning so'nggi mavsumida “shporlar” 38 ochko bilan turnir jadvalida 17-o'rinni egalladi. Shuningdek, London klubi Yevropa Ligasida g'olib chiqdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist