locale OZ

Rasman: «Tottenhem» Tomas Frankni iste’foga chiqardi

Mutaxassis 2025 yilning iyun oyida londonliklar boshqaruviga kelgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: «Tottenhem» Tomas Frankni iste’foga chiqardi
FOTO: Getty Images

Londonning «Tottenhem» klubi Tomas Frankni bosh murabbiylik lavozimidan ozod etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida ma’lum qildi.

«Klub erkaklar jamoasi bosh murabbiyini almashtirishga qaror qildi va bugun Tomas Frank o‘z lavozimini tark etadi. Tomas 2025 yilning iyun oyida tayinlangan edi va biz kelajak yo‘lida unga kerakli vaqt hamda yordamni berishga qaror qilgan edik. Biroq natijalar va jamoaning o‘yini direktorlar kengashini mavsumning ushbu bosqichida murabbiyni yangilash zarur degan xulosaga olib keldi», — deyiladi klub bayonotida.

Shuningdek, «shporlar» rahbariyati mutaxassisga klub rivoji yo‘lidagi sodiqligi va fidokorona mehnati uchun minnatdorchilik bildirib, kelgusi faoliyatida zafarlar tilagan.

Ma’lumot uchun, «Tottenhem»ning Angliya Premyer-ligasidagi g‘alabasiz seriyasi sakkizta o‘yinga yetdi. Ayni damda jamoa 2025/2026 yilgi mavsum turnir jadvalida 26 ta uchrashuvdan so‘ng 29 ochko jamg‘argan holda, 16-pog‘onani band etib turibdi.

Shunga qaramay, London klubi Chempionlar Ligasining umumiy bosqichida 17 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinni egallab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting