locale OZ

Rasman: «Tottenhem» Markos Senesi transferini rasman eʼlon qildi

Argentinalik futbolchi bungacha «Bornmut» safida toʻp surayotgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: «Tottenhem» Markos Senesi transferini rasman eʼlon qildi
FOTO: Getty Images

Londonning «Tottenhem» klubi argentinalik himoyachi Markos Senesi jamoaga kelib qoʻshilganini rasman maʼlum qildi. Futbolchi «Bornmut» bilan amaldagi shartnomasi yakuniga yetgach, 1 iyuldan eʼtiboran erkin agent maqomida londonliklar safiga borib qoʻshiladi.

««Tottenhem» futbolchisiga aylanish — mutlaqo oʻzgacha tuygʻu.

Klub muzokaralarning ilk kunidanoq meni oʻz safida nega koʻrmoqchi ekanligini va bu yerda qurilayotgan yangi loyihaning muhim boʻlagiga aylanishimni qanchalik istayotganini koʻrsata bildi. Bu juda hayajonli va men tezroq jarayonga kirishishni sabrsizlik bilan kutyapman.

Maydonga tushadigan har bir oʻyinimda muxlislar men bilan faxrlanishlari va klub oʻziga munosib boʻlgan yuqori oʻrinlarga qaytishi uchun bor kuchimni ishga solaman. «Tottenhem» bilan birga gʻalaba qozonishni istayman va buni amalga oshirish uchun qoʻlimdan kelgan barcha ishni qilaman», — deya Senesining soʻzlarini keltirmoqda klub rasmiy sayti.

Maʼlumot uchun, Senesi professional faoliyatini «Feyenoord» klubida boshlagan boʻlib, 2022 yilda 15 million yevro evaziga «Bornmut»ga koʻchib oʻtgan edi. «Giloslar» safida oʻtgan vaqt davomida argentinalik himoyachi jami 128 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting