locale OZ

Rasman: “Torino” “Verona” himoyachisini transfer qildi

Jazoir terma jamoasining 24 yoshli futbolchisi Turin klubiga doimiy transfer asosida o‘tdi.
Rasman: “Torino” “Verona” himoyachisini transfer qildi
Foto: Getty Images

“Torino” “Verona” himoyachisi Rafik Belgalini o‘z safiga qo‘shib olganini rasman e’lon qildi. Jazoir terma jamoasining 24 yoshli futbolchisi Turin klubiga doimiy transfer asosida o‘tdi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, transfer qiymati taxminan 7 million yevroni tashkil qilgan. “Verona” futbolchining keyingi transferidan ham ma’lum ulush olishi ko‘zda tutilgan.

Belgali 2025/26-yilgi mavsumda “Verona” safida A Seriyada debyut qildi va klub uchun 26 ta uchrashuvda 2 ta gol urdi. Bungacha u Belgiya chempionatida “Lommel” va “Mexelen” klublarida to‘p surgan.

Ma’lumot uchun, Belgali Jazoir terma jamoasi safida 17 ta uchrashuv o‘tkazib, 2 ta gol urgan. U 2026-yilgi Jahon chempionatida terma jamoasining barcha to‘rtta o‘yinida maydonga tushgan va Avstriyaga qarshi bahsda gol kiritgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting