Rasman. Tomas Tuxel Angliya terma jamoasi bilan yangi shartnoma imzoladi
"Sherlar" germaniyalik mutaxassis bilan kelishuvni uzaytirdi.
Фото: Англии ФА
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel mamlakat futbol assotsiatsiyasi bilan amaldagi kelishuvni uzaytirdi.
Tashkilot matbuot xizmati xabariga ko'ra, mutaxassisning avvalgi shartnomasi JCH–2026 yakuniga qadar amal qilishi belgilangan bo'lsa, yangi kelishuvga ko'ra 52 yoshli Tuxel “uch sherlar”ni 2028 yilgi Yevropa chempionati yakuniga qadar boshqaradi.
Eslatib o'tamiz, Tuxel ushbu lavozimga 2024 yilning 16 oktabrida tayinlangan va 2025 yil 1 yanvardan rasman ish boshlagan. Angliya terma jamoasi Tuxel qo'l ostida hozirgacha 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, shulardan 9 tasida g'alaba qozongan va bir bellashuvda imkoniyatni boy bergan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist