locale OZ

Rasman: Toma Myonye «Sanderlend» futbolchisiga aylandi

Yangi klubida Myonye 12-raqam ostida to'p suradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Toma Myonye «Sanderlend» futbolchisiga aylandi
Фото: Sunderland FC

Angliyaning «Sanderlend» klubi belgiya himoyachisi Toma Myonye bilan shartnoma imzolaganini rasmiy tarzda e'lon qildi.

34 yoshli o'ng qanot himoyachisi Fransiyaning «Lill» klubi bilan shartnomasi yakunlangach, erkin agent sifatida jamoaga qo'shildi. Tomonlar ikki yillik shartnomaga imzo chekishdi. Yangi klubida Myonye 12-raqam ostida harakat qiladi.

Tajribali futbolchi 2026 yilgi jahon chempionatida Belgiya terma jamoasi safida ham ishtirok etgan. U faoliyati davomida klublar miqyosida 550 dan ortiq uchrashuvda maydonga tushgan, milliy jamoa safida esa 83 ta o'yinda qatnashgan.

Toma Myonye faoliyati davomida «Bryugge», «PSJ», Dortmundning «Borussiya», «Trabzonspor» va «Lill» klublari sharafini himoya qilgan.

Xabar qilinishicha, belgiya himoyachisi yangi jamoasi yig‘iniga avgust oyining boshida qo‘shiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting