locale OZ

Rasman. Timur Kapadze Navbahor bosh murabbiyi!

“Navbahor” futbol klubi bugun yangi bosh murabbiy sifatida Timur Kapadzeni rasman tanishtiradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman. Timur Kapadze Navbahor bosh murabbiyi!
photo: Navbahor FK

“Navbahor” futbol klubi bugun yangi bosh murabbiy sifatida Timur Kapadzeni rasman tanishtiradi.

"Tajribali mutaxassis klub rahbariyati bilan barcha masalalarni muhokama qilgan holda, jamoadagi kelgusi rejalar va maqsadlar yuzasidan to‘liq kelishuvga erishdi. Tomonlar o‘zaro shartnoma imzoladi.

Timur Kapadze – O‘zbekiston futbolining eng taniqli vakillaridan biri bo‘lib, murabbiylik faoliyati davomida yoshlardan tortib milliy terma jamoagacha bo‘lgan turli darajadagi jamoalarni muvaffaqiyatli boshqargan. Uning qo‘l ostida jamoalar xalqaro maydonda yirik natijalarga erishgan.

“Navbahor” FK rahbariyati Timur Kapadzening tajribasi, professional qarashlari va zamonaviy futbolga oid yondashuvi klub oldiga qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirishda muhim o‘rin tutishiga ishonch bildiradi.

Yangi bosh murabbiy bugundan boshlab jamoa bilan ishlashni boshlaydi.

“Navbahor” futbol klubi Timur Kapadzeni jamoamizga xush kelibsiz deydi va uning faoliyatiga ulkan omad tilaydi!",-deb yoziladi lochinlarning rasmiy sahifalarida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting