locale OZ

Rasman. Tiago Silva «Fluminense»ga qaytdi

41 yoshli futbolchi sobiq jamoasida o‘ynaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman. Tiago Silva «Fluminense»ga qaytdi
Фото: Fluminense

«PSJ», «Chelsi» va Braziliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Tiago Silva yana «Fluminense» futbolchisiga aylandi.

Klub 41 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolaganini ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z sahifasida e’lon qildi.

«Ba’zi hikoyalar hech qachon tugamaydi. Afsonaviy Tiago Silva qaytdi», — deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

2026 yilning may oyida Silva erkin agent sifatida «Portu»ni tark etdi. U 2006 yildan 2009 yilgacha «Fluminense» safida o‘ynagan va 2007 yilda jamoa bilan Braziliya kubogini qo‘lga kiritgan. 2024 yilda himoyachi Braziliya klubiga qaytdi va uning safida yana ikki mavsum o‘ynadi.

Braziliya terma jamoasi safida Silva 113 ta o‘yin o‘tkazib, yettita gol urgan. Bu yozda u milliy terma jamoaning 2026 yilgi jahon chempionati uchun qaydnomasiga kiritilmadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting