locale OZ

Rasman. Thomas Müller MLS klubiga o'tdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman. Thomas Müller MLS klubiga o'tdi
Photo: Getty Images

Thomas Müller rasman MLSning "Vancouver Whitecaps" klubi futbolchisiga aylandi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 35 yoshli germaniyalik hujumchi Kanada klubi bilan 2026 yil oxirigacha shartnoma imzoladi.

Eslatib o'tamiz, 35 yoshli futbolchi KJChdan so'ng "Bavariya"ni tark etgandi. Müller nemis klubi safida jami 756 ta o'yinda maydonga tushib, 250 ta gol urdi va 276 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Thomas myunxenliklar safida jami 33 ta sovrinni qo'lga kiritdi. Jumladan, ikki marta Chempionlar ligasida g'olib chiqqan. Shuningdek, germaniyalik futbolchi 2014 yilgi jahon chempioni hisoblanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting