Rasman: Ter Shtegen — «Girona» futbolchisi
"Girona" mavsum yakunigacha uni ijaraga oldi.
Фото: Жирона
Mark-Andre ter Shtegen endi "Girona" futbolchisiga aylandi.
Klub germaniyalik posbonni "Barselona"dan mavsum oxirigacha ijaraga olganini e'lon qildi. Ma'lum qilinishicha, kelishuvda sotib olish huquqi nazarda tutilmagan.
Bu mavsumda Ter Shtegen faqat bitta o'yinda maydonga tushdi — Ispaniya Kubogida ishtirok etgan edi.
"Barselona" Joan Garciyani xarid qilganidan so'ng, Ter Shtegen ikkinchi raqamli posbonga aylandi va jamoada o'z o'rnini yo'qotdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist