locale OZ

Rasman: Ten Hag «Tvente»ning yangi texnik direktori etib tayinlandi

Tomonlar oʻrtasida ikki mavsumga moʻljallangan shartnoma imzolandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Ten Hag «Tvente»ning yangi texnik direktori etib tayinlandi
FOTO: Getty Images

Avvalroq «Manchester Yunayted» va «Bayer» jamoalarini boshqargan Erik ten Hag Niderlandiyaning «Tvente» klubi yangi texnik direktori etib tayinlandi. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar berdi. U ishni 1 fevral 2026 yildan boshlaydi.

Ten Hag bilan tuzilgan shartnoma ikki mavsumga, ya’ni 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. U lavozimga kelib, hozirgi texnik direktor Yan Shtroyerni almashtiradi. Shtroyer mavsum oxirida sport faoliyatini yakunlashini e’lon qilgan edi.

Qiziqarli tomoni, Erik ten Hag «Tvente»da futbolchi sifatida faoliyatini boshlagan, 2002 yilda esa aynan shu klubning 17 yoshgacha bo‘lgan jamoasida bosh murabbiy sifatida debyut qilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting