locale OZ

Rasman! Superligada mart oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman! Superligada mart oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
FOTO: Transfermarkt.com

O'zPFL matbuot xizmati o'z sahifasida mart oyining eng yaxshilarini aniqladi.

Jumladan, Toshkentning “Bunyodkor” klubi hujumchisi Luis Kachorri o'tgan oy yakunlari va ovoz berish natijalariga ko'ra eng yaxshi futbolchi deb topildi.

Kachorri ushbu sovrin uchun kurashda Nodirbek Abdurazzoqov (OKMK), Ravshan Yagudin (“Dinamo”), Shahboz Jo'rabekov (“Buxoro”) va Rustam Abduhamidovdan (“Xorazm”) ustun keldi.

Ma'lumot uchun, Luis Kachorri mart oyida O'zbekiston Superligasi doirasida 3 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting