locale OZ

Rasman: Stefan Ortega «Manchester Siti»ni tark etdi

Germaniyalik posbon faoliyatini «Nottingem Forest»da davom ettiradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Stefan Ortega «Manchester Siti»ni tark etdi
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» darvozaboni Stefan Ortega faoliyatini boshqa klubda davom ettiradigan bo‘ldi. «Shaharliklar» matbuot xizmati germaniyalik posbonning «Nottingem Forest» safiga o‘tganini e’lon qildi.

«Senga barcha ezgu tilaklarni tilaymiz, Stefan», — deyiladi manchesterliklar klubi bayonotida.

Ma’lumot uchun, Ortega «Manchester Siti» safiga 2022 yilning yozida kelib qo‘shilgan edi. Joriy mavsumda u jamoa tarkibida biror marta maydonga tushishga ulgurmadi.

Darvozabonning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan edi. Transfermarkt portali 31 yoshli futbolchining bozor qiymatini 5 million yevroga baholagan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting