Rasman: Stefan de Vrey \"Panatinaikos\" futbolchisiga aylandi
34 yoshli markaziy himoyachi Milaning "Inter" klubini erkin agent sifatida tark etib, Gretsiya grandi bilan shartnoma imzoladi.
Foto: Getty Images
Gretsiyaning "Panatinaikos" klubi niderlandiyalik tajribali himoyachi Stefan de Vrey transferini rasman e'lon qildi.
34 yoshli markaziy himoyachi Milaning "Inter" klubini erkin agent sifatida tark etib, Gretsiya grandi bilan shartnoma imzoladi. Tomonlar 2027-yilning yozigacha mo‘ljallangan bitim tuzgan bo‘lib, unda yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham mavjud.
Stefan de Vrey 2018-yildan buyon "Inter" safida to‘p surib, klub bilan bir nechta Italiya chempionligi, Italiya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi. Sakkiz yil davomida u milanliklar himoyasining asosiy tayanchlaridan biri bo‘ldi.
Endilikda tajribali himoyachi faoliyatini Gretsiya chempionatida davom ettiradi va yangi mavsumdan boshlab "Panatinaikos" sharafini himoya qiladi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist