Rasman! SSKA'ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
FOTO: pfc-cska.com
Moskvaning SSKA klubi Fabio Selestini jamoaning yangi bosh murabbiyi etib tayinlanganini e'lon qildi. Shvetsariyalik mutaxassis yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Ta'kidlanishicha, “armiyachilar” yangi mavsumga tayyorgarlikni Selestini boshchiligida 22-iyun kuni Novovorskdagi bazada boshlaydi.
“Xush kelibsiz, Fabio!”, - deyiladi SSKA telegram kanalida.
Ma'lumot uchun, 49 yoshli Fabio Selestinining so'nggi jamoasi Shvetsariyaning “Bazel" klubi edi. Mutaxassis ushbu jamoa bilan o'tgan mavsum Shvetsariya chempioni va mamlakat kubogi sohibi bo'ldi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist