locale OZ

Rasman. Son Xyon Min — «Los Anjeles» futbolchisi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman. Son Xyon Min — «Los Anjeles» futbolchisi
Photo: Getty Images

Janubiy koreyalik hujumchi Son Xyon Min faoliyatini AQShning “Los-Anjeles” jamoasida davom ettiradi. Klub futbolchi bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi.

Son Xyon Minning Angliyaning “Tottenhem” klubidan MLSga o‘tishi Amerika futboli tarixidagi eng qimmat transferga aylandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, “shporlar” hujumchini 25 million dollar evaziga transfer qilgan. Bu summa MLS klublari tomonidan futbolchi uchun to‘langan eng katta mablag‘ hisoblanadi.

Son 2015 yildan beri “Tottenhem” sharafini himoya qilib kelayotgan edi. U 10 yil davomida London klubi tarkibida jami 454 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 173 ta gol va 101 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting