Rasman: «So‘g‘diyona» 2 metrlik hujumchi bilan shartnoma imzoladi
Tomonlar oʻrtasida 2026 yilning yoziga qadar moʻljallangan shartnoma imzolandi.
FOTO: Getty Images
«So‘g‘diyona» serbiyalik hujumchi Faysal Mulich bilan shartnoma imzoladi. Bo‘yi 203 sm bo‘lgan 30 yoshli futbolchi Jizzax klubining yangi hujumchisi bo‘ldi.
Qayd etilishicha, tomonlar oʻrtasida tuzilgan kelishuv joriy mavsum oxiriga qadar amal qiladi.
Mulich o‘tgan mavsum Qozog‘istonning «Yelimay» klubida o‘ynab, 10 ta uchrashuvda 3 ta gol urdi. Shundan so‘ng Tailandning «Buriram» jamoasiga o‘tib, 11 o‘yinda 6 bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Avvalroq u «1860 Myunxen», «Mouskron», «Mura», «Hapel Tel-Aviv», «Seongnam» va «Suvon» klublari sharafini himoya qilgan.
Kuchli jismoniy tayyorgarligi va havodagi ustunligi bilan ajralib turadigan Mulichning transfer qiymati hozirda 350 ming yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist