locale OZ

Rasman: Slaven Bilich Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

57 yoshli mutaxassis ushbu lavozimda JCh-2026 musobaqasi yakunlanganidan so‘ng iste'foga chiqqan Zlatko Dalichning o‘rnini egalladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Slaven Bilich Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
Foto: Getty Images

Xorvatiya futbol federatsiyasi Slaven Bilichni mamlakat milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlaganini rasman e'lon qildi.

57 yoshli mutaxassis ushbu lavozimda JCh-2026 musobaqasi yakunlanganidan so‘ng iste'foga chiqqan Zlatko Dalichning o‘rnini egalladi.

Slaven Bilich uchun bu Xorvatiya terma jamoasidagi ikkinchi faoliyat davri bo‘ladi. U avval 2006–2012-yillar oralig‘ida milliy jamoani boshqargan. Murabbiylik faoliyati davomida, shuningdek, Angliyaning "Vest Hem", "Vest Bromvich", "Uotford" hamda Saudiya Arabistonining "Al-Fateh" klublarida ishlagan.

Bilich oldiga Xorvatiyani UEFA Yevro–2028 musobaqasiga muvaffaqiyatli olib chiqish hamda 2030-yilgi Jahon chempionatiga tayyorlash vazifasi qo‘yilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting