Rasman: Skott Karson futbolchi faoliyatini yakunladi
Angliyalik darvozabon faoliyati davomida «Man Siti» va «Liverpul» kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.
FOTO: Getty Images
Angliya milliy jamoasi va «Manchester Siti»ning sobiq darvozaboni Skott Karson professional futbolchilik faoliyatini yakunladi. Bu haqda uning oʻzi ijtimoiy tarmoqlar orqali maʼlum qildi.
Karson futbolchi sifatida «Lids Yunayted» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U faoliyati davomida «Liverpul», «Sheffild Uensdey», «Charlton Atletik», «Aston Villa», «Vest Bromvich», «Bursaspor», «Uigan», «Derbi Kaunti» va «Manchester Siti» jamoalari sharafini himoya qilgan.
«Liverpul» bilan birga Skott Karson Chempionlar ligasi va UEFA Superkubogida gʻolib chiqqan. Keyinchalik «Manchester Siti» safida ham YChLda zafar quchdi, shuningdek, Angliya Superkubogi, UEFA Superkubogi va KJCh gʻolibligini qoʻlga kiritdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist