locale OZ

Rasman: Shon Striklendning navbatdagi jangi tasdiqlandi

Amerikalik jangchi fevral oyida yana oktagonga qaytadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Shon Striklendning navbatdagi jangi tasdiqlandi
FOTO: Getty Images

UFC’ning o‘rta vazn (84 kg) toifasida sobiq chempion bo‘lgan amerikalik Shon Striklend 21 fevral kuni UFC Houston turnirida hamyurti Entoni Ernandesga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Bu haqda promoushenning rasmiy sahifalari xabar berdi.

Striklend oxirgi jangini fevral oyida bo‘lib o‘tgan UFC 312 turnirida o‘tkazgan va unda janubiy afrikalik Drikus dyu Plessiga qarshi revansh bahsida hakamlar bir ovozdan chiqarilgan qarori bilan mag‘lub bo‘lgan edi.

Ernandes esa avgust oyidagi UFC on ESPN 72 musobaqasida gruziyalik Roman Dolidzeni bo‘g‘ish usuli bilan taslim etgan.

Avvalroq Striklend intervyusida 31 yanvar kuni Avstraliyaning Sidney shahrida o‘tadigan UFC 325 turnirida Ernandesga qarshi jang qilish taklifidan voz kechganini aytgandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting