locale OZ

Rasman: Shon Steyr «Nyukasl» futbolchisiga aylandi

Steyr yangi jamoasida 14-raqam ostida harakat qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Shon Steyr «Nyukasl» futbolchisiga aylandi
Фото: Newcastle

«Nyukasl» 18 yoshli niderlandiyalik yarim himoyachi Shon Steyrning «Ayaks»dan transferini rasman e'lon qildi.

Futbolchi Angliya klubi bilan besh yillik shartnoma imzoladi. Transfer summasi oshkor etilmadi. Steyr yangi jamoasida 14-raqam ostida harakat qiladi.

U «Nyukasl»ning ushbu yozdagi uchinchi yangi futbolchisiga aylandi. Undan avval klub fransuz darvozaboni Even Jauen va Kot-d'Ivuarlik vinger Bazuman Tureni o‘z safiga qo‘shib olgan edi.

O‘tgan mavsumda Steyr «Ayaks» akademiyasining eng yaxshi yosh iste'dodiga beriladigan Abdelhak Nuri mukofotini qo‘lga kiritgan.

«Bu yerga kelganimdan juda baxtliman. "Nyukasl" — Premyer-liganing ulkan klublaridan biri. Dunyoning eng kuchli chempionatida o‘ynash mening orzum edi. "Ayaks"da o‘zimni uyda his qilardim, chunki u yerga yetti yoshimda kelganman. Ammo senga "Nyukasl"dek klub qiziqsa, rad etish juda qiyin», — dedi Steyr klub matbuot xizmatiga.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting