Rasman: Shon O'Mellining navbatdagi raqibi va jang sanasi maʼlum boʻldi
UFC rasmiy ravishda yengil vazn toifasidagi jangni e’lon qildi. Unda reytingda ikkinchi o‘rinda turgan amerikalik Shon O'Melli va beshinchi pog‘onadagi xitoylik jangchi Song Yadong oktagonga ko‘tariladi.
O'Melli — Song Yadong jangi 24 yanvar kuni Las-Vegasda (AQSh, Nevada shtati) o‘tadigan UFC 324 turniri doirasida bo‘lib o‘tadi.
31 yoshli O'Melli yengil vazn toifasining sobiq chempioni hisoblanadi. U chempionlik kamarini 2024 yil sentyabrida gruziyalik Merab Dvalishvili bilan bo‘lgan uchrashuvda (hakamlar qarori bilan) boy bergan. 2025 yil iyunidagi revansh jangida ham Shon Merabga yutqazgan — bu safar u bo‘g‘ish usuliga tushib qolgan.
27 yoshli Song Yadong MMA’da 32 ta jang o‘tkazgan: 22 g‘alaba, 8 mag‘lubiyat, 1 durang va 1 ta bekor qilingan natija qayd etgan.