Rasman: «Shalke-04» uch yillik tanaffusdan soʻng yana Bundesligaga qaytdi
Gelsenkirmandagi «AufShalke» stadionida Ikkinchi Bundesliganing 32-turidan o‘rin olgan «Shalke» va «Fortuna Dyusseldorf» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Gamburglik hakam Patrik Ittrix boshqarib borgan ushbu bahsda «konchilar» 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
O‘yindagi yagona gol 15-daqiqada Kenan Karaman tomonidan kiritildi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng «Shalke» o‘z ochkolarini 67 taga yetkazib, Ikkinchi Bundesliga turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda va muddatidan oldin Bundesligaga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Hozirda 58 ochko bilan ikkinchi o‘rinda borayotgan «Paderborn» jamoasining zaxirasida bir o‘yin mavjud bo‘lsa-da, ular ochkolar bo‘yicha «Shalke»ga yeta olmaydi.
Mabodo ochkolar teng kelib qolgan taqdirda ham, joriy mavsumdagi o‘zaro uchrashuvlarning ikkalasida ham g‘alaba qozongani sababli ustunlik Gelsenkirmandliklar tomonida bo‘ladi. «Fortuna» esa 34 ochko bilan 15-o‘rinni egallab turibdi.