locale OZ

Rasman: «Sevilya» Matias Almeydani isteʼfoga chiqardi

Argentinalik mutaxassis jamoani oʻtgan yozda qabul qilib olgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: «Sevilya» Matias Almeydani isteʼfoga chiqardi
FOTO: Getty Images

«Sevilya» klubi Matias Almeydaning bosh murabbiylik lavozimidan ozod etilganini rasman e’lon qildi. 52 yoshli argentinalik mutaxassis va uning yordamchilari egallab turgan vazifalaridan chetlatildi.

Almeyda jamoani o‘tgan yozda qabul qilib olgan edi. Uning qo‘l ostida «Sevilya» jami 32 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta g‘alaba, 7 ta durang va 15 ta mag‘lubiyat qayd etdi. To‘plar nisbati esa 43:52 ko‘rinishini oldi.

Ayni damda klub 31 ochko bilan La Liga turnir jadvalida 15-o‘rinni egallab turibdi. Xavfli hudud (tushib ketish zonasi) bilan oradagi farq bor-yo‘g‘i uch ochkoni tashkil etmoqda.

Jamoa so‘nggi ikki uchrashuvda «Barselona» (2:5) va «Valensiya»dan (0:2) mag‘lubiyatga uchradi. Ta’kidlash joizki, chempionatning birinchi davrasida «Sevilya» «Barselona» ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting