Rasman: Serxio Regilon — «Inter Mayami» futbolchisi
Tomonlar oʻrtasida 2027 yilning oxiriga qadar moʻljallangan shartnoma imzolandi.
FOTO: Getty Images
Sobiq «Tottenhem» himoyachisi Serxio Regilon erkin agent sifatida MLS vakili «Inter Mayami» safiga qo‘shildi. Bu haqda liga rasmiy sayti xabar berdi.
Futbolchining Florida klubi bilan tuzgan shartnomasi 2027 yil dekabriga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, kelishuv yana bir yilga uzaytirish opsiyasini ham o‘z ichiga oladi. Regilon faoliyatini yakunlagan Jordi Albaning o‘rnini egallaydi.
Serxio Regilon «Real» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va professional faoliyatini ham «qirollik klubi» safida boshlagan. Shuningdek, u faoliyati davomida «Sevilya», «Tottenhem», «Atletiko», «Manchester Yunayted» va boshqa bir qator jamoalarda to‘p surgan.
O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, «Inter Mayami» MLS chempioni bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist