Rasman: Senegal terma jamoasi bosh murabbiyi Pap Tiav iste'foga chiqarildi
Tiavni vazifasidan ozod etish qarori FSF ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida qabul qilindi.
ФОТО: Getty images
Senegal futbol federatsiyasi (FSF) milliy terma jamoa bosh murabbiyi Pap Tiav hamda uning butun murabbiylar shtabi bilan hamkorlik to‘xtatilganini rasmiy e'lon qildi.
Bunday qarorga terma jamoaning Jahon chempionati–2026dagi omadsiz ishtiroki sabab bo‘ldi. Senegal 1/16 finalda Sietl shahrida Belgiya qarshi bahsda 2:0 hisobida oldinda borayotganiga qaramay, asosiy vaqt so‘nggi daqiqalarida ustunlikni qo‘ldan chiqardi. Qo‘shimcha vaqtning 120+5-daqiqasida esa penaltilik to‘p o‘tkazib yuborildi va bu jamoaning musobaqani tark etishiga sabab bo‘ldi.
Pap Tiavni vazifasidan ozod etish qarori FSF ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida qabul qilindi.
45 yoshli mutaxassis Senegal terma jamoasini 2024 yil oktyabr oyidan buyon boshqarib kelayotgan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist