locale OZ

Rasman: Sebastyen Pokonoli «Monako» bosh murabbiyligidan ketdi

Belgiyalik mutaxassis 2025 yilning oktyabridan beri monegasklarni boshqarib kelayotgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Sebastyen Pokonoli «Monako» bosh murabbiyligidan ketdi
FOTO: Getty Images

Belgiyalik mutaxassis Sebastyen Pokonoli «Monako» klubi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi. Bu haqda monegaskliklar klubi rasmiy saytida eʼlon qilindi.

«Klub Sebastyen Pokonoli va uning murabbiylar shtabiga «Monako»dagi fidokorona mehnatlari uchun minnatdorchilik bildiradi hamda ularning kelgusi faoliyatiga omad tilaydi», — deyiladi knyazlik klubi bayonotida.

Pokonoli 2025 yilning oktabr oyidan buyon «Monako»ni boshqarib kelayotgan edi. Jamoa Liga 1'ning 2025/2026 yilgi mavsumi yakunlariga koʻra, 34 ta oʻyinda 54 ochko jamgʻarib, turnir jadvalida yettinchi oʻrinni egalladi. Navbatdagi mavsumda «Monako» Konferensiyalar Ligasida ishtirok etadi.

Maʼlumot oʻrnida, ushbu mutaxassis ilgari «Yunion Sent-Jillua», Belgiya oʻsmirlar terma jamoasi va boshqa bir qator klublarni boshqargan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting