locale OZ

Rasman: Santyago Kastro \"Roma\" futbolchisi

Tomonlar 2031-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolashdi.
Rasman: Santyago Kastro "Roma"  futbolchisi
Foto: Getty Images

Italiyaning "Roma" klubi argentinalik markaziy hujumchi Santyago Kastroning transferini rasman e’lon qildi. 21 yoshli futbolchi "Bolonya"ni tark etib, rimliklar safiga qo‘shildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, transfer qiymati 35 million yevroni tashkil etgan. Tomonlar 2031-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolashdi. Yangi jamoasida Kastro 9-raqam ostida to‘p suradi.

Santyago Kastro 2024-yilda Argentinaning "Veles Sarsfild" klubidan "Bolonya"ga ko‘chib o‘tgan edi. U Italiya klubi safida 105 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol va 11 ta assist muallifiga aylandi.

Qayd etilishicha, ushbu transfer doirasida ukrainalik hujumchi Artem Dovbik mavsum oxirigacha sotib olish huquqi bilan "Bolonya"ga ijaraga yuborildi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting